Prigojin Shoyguni Baxmutga taklif qildi
Yevgeniy Prigojin Sergey Shoyguni Baxmutga "jangovar tajribasi" bilan bo‘lishish uchun taklif qildi.
"Vagner" XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga "hozirgi vaziyatni mustaqil baholash" uchun Ukrainaning Baxmutiga kelish taklifi bilan murojaat qildi.
“Og‘ir operativ vaziyatni, shuningdek, jangovar harakatlardagi ko‘p yillik tajribangizni hisobga olib, Rossiya Federatsiyasi harbiylashtirilgan bo‘linmalari nazorati ostidagi Baxmut aholi punkti hududiga yetib kelishingizni va hozirgi vaziyatni mustaqil baholashingizni so‘rayman”, degan Prigojin 12 may, juma kuni uning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan maktubida.
Xuddi shu maktubda Prigojin Rossiya Qurolli kuchlarining Shoygu tomonidan boshqariladigan, "vagnerchilar" qanotlarini yopib turgan hamda mas’ul zonasida Ukraina armiyasi "bir qator muvaffaqiyatli qarshi hujumlarni amalga oshirgan" bo‘linmalari haqida shikoyat qildi.
Mavzuga oid
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
18:04 / 29.08.2024
Shoyguning yana bir sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
08:30 / 06.08.2024