DXX o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi
O‘qishni Qirg‘izistondan ko‘chirib berishni va’da qilgan NamDU o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan qo‘lga tushdi, Samarqand viloyatida o‘qituvchi soxta hujjatlar bilan o‘qishga kiritish uchun 7200 dollar so‘radi.
Davlat xavfsizlik xizmati oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi o‘zganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning qarindoshini Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, so‘ngra O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi ekanligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6000 AQSh dollari hamda uning qarindoshiga ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat olib berish uchun 1200 AQSh dollari, jami 7200 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.
Guliston shahrida yashovchi shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5100 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ining 4600 AQSh dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisiga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, ushbu shaxs ham 200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:41 / 06.11.2024