O‘zbekiston | 08:12 / 18.05.2023
3700
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekistondan zargarlik mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatini o‘rganmoqda

«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va Malayziyaning Rafahia Holdings Berhad kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil  etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Getty Images

Tomonlar zargarlik mahsulotlarini mamlakatdan eksport qilishda bojxona bojlari, transport logistika xizmatlari, zargarlik bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Malayziya tomoni zargarlik mahsulotlarini xarid qilishda «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida Rafahia Holdings Berhad kompaniyasi rahbariyatining mamlakatga safarini tashkil etish va tashrif davomida zargarlik korxonalari faoliyati  bilan  tanishish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Mavzuga oid