Jahon | 11:37 / 19.05.2023
4713
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Rossiya olmoslari savdosini cheklaydi

«Rossiya olmoslari abadiy emas», dedi Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari haqida e’lon qilar ekan. Avvalroq Buyuk Britaniya Rossiyadan olmos olib kirish taqiqlangani haqida xabar bergan edi.

Foto: Getty Images

Yevropa Ittifoqi Rossiya olmoslari savdosini Moskvaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi tufayli sanksiyalar doirasida cheklamoqchi. Bu haqda 19 may, juma kuni Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ma’lum qildi. 

«Biz Rossiya olmoslari savdosini cheklaymiz. Rossiya olmoslari abadiy emas», - dedi Mishel Yaponiyaning Xiroshima shahrida G7 sammiti oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo Belgiya Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari qatorida Rossiya olmoslarining eng yirik ulgurji xaridorlari qatoriga kiradi. Qo‘shma Shtatlar tayyor mahsulotlarning asosiy so‘nggi bozoridir.

Avvalroq, Buyuk Britaniya yangi sanksiyalar paketi doirasida Rossiya olmoslarini import qilishni taqiqlashini e’lon qilgan edi. Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning aytishicha, cheklovlar Rossiyadan kelib chiqqan mis, alyuminiy va nikel yetkazib berishga ham tegishli. 

Mavzuga oid