O‘zbekiston | 08:36 / 20.05.2023
6684
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya Chirchiq daryosini ifloslanishdan asrashga qaratilgan loyihani amalga oshiryapti

O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Janubiy Koreyaning Geostory kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi grant loyihasini amalga oshirmoqda.

Foto: ecogov

Mazkur loyiha Janubiy Koreyaning Atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – Chirchiq daryosi havzasida suv ifloslanishini aqlli boshqarish tizimi va Atrof-muhit monitoringi markazini tashkil etishdir.

Ayni damda Geostory kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrifdan maqsad suv resurslarini boshqarishning aqlli tizimini joriy qilish va atrof-muhit monitoringi markazini tashkil etish yo‘nalishida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash hisoblanadi.

Geostory kompaniyasi vakillari Tabiat resurslari vazirligi va ilmiy tadqiqot instituti mas’ul xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosi havzasini ko‘zdan kechirishdi. Tashrif 22 maygacha davom etadi.

Mavzuga oid