O‘zbekiston | 19:21 / 20.05.2023
9685
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yilning dastlabki 4 oyida kelgan turistlar miqdori ma’lum qilindi

Birinchi o‘rinda tojikistonliklar – qariyb 624 ming kishi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-aprel oylarida 2 milliondan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan.

Ular orasida qo‘shni mamlakatlar fuqarolari ko‘pchilikni tashkil qiladi.

2023 yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekistonga turistik maqsadda kelgan fuqarolar soni mamlakatlar kesimida:

— Tojikiston – 623,8 ming;

— Qozog‘iston – 558,8 ming;   

— Qirg‘iziston – 487,7 ming;   

— Rossiya – 207,7 ming;   

— Turkiya – 29,7 ming; 

— Turkmaniston – 14,2 ming;

— Janubiy Koreya – 9,2 ming;

— Hindiston – 8,3 ming;

— Xitoy – 6,3 ming;

— Germaniya – 5,7 ming.

Mavzuga oid