Iqtisodiyot | 17:56 / 24.05.2023
34817
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank 3ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi

“Instant Payment Solutions”, “Source to Pay” va  “Tapp payment” to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarildi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Markaziy banki 3ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini qaytarib oldi.

Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasiga muvofiq, Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 20 maydagi qarori qabul qilingan.

Qarorga asosan:

  • “Instant Payment Solutions” MChJ tashkilot litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq;
  • “Source to Pay” MChJ o‘z faoliyatini olti oydan ortiq davrga to‘xtatib turgani;
  • “Tapp payment” MChJ faoliyatini litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmagani munosabati bilan, –

– to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari qaytarib olingan va to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilgan.

Mavzuga oid