O‘zbekiston | 09:41 / 02.06.2023
6458
2 daqiqa o‘qiladi

Barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish milliy dasturi ishlab chiqildi

Foto: Pixels

2023-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish milliy dasturi loyihasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Quyidagilar milliy dasturning asosiy vazifalari bo‘ladi:

  • tabiiy va boshqa resurslarni tejab ishlatish yo‘llarini joriy qilish;
  • barqaror turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish yuzasidan ta’lim muassasalari, davlat va xususiy idoralarda loyihalarni amalga oshirish;
  • barqaror turmush tarzini shakllantirishga bag‘ishlangan ijtimoiy videoroliklarni OAV orqali efirga muntazam uzatib borish;
  • ta’lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida ekovolontyorlar tomonidan barqaror turmush tarzini targ‘ib qilish harakatini yo‘lga qo‘yish va qo‘llab-quvvatlash;
  • barqaror turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish va bu boradagi yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.

Milliy dasturning asosiy maqsadlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan hamda barqaror turmush tarzini tizimli targ‘ib qilish konsepsiyasini 2023-2024 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.

Barqaror turmush tarzi – bu insonning kundalik hayoti va faoliyati davomida o‘z harakatlari bilan tabiatga (yer, suv, o‘rmon, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga) yetkazayotgan zararni bartaraf etish yoki uni minimallashtirish, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishini ta’minlash hisoblanadi.

Mavzuga oid