O‘zbekiston | 10:52 / 02.06.2023
6754
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Qizil kitobga kiritilgan qushlarning noqonuniy savdosi to‘xtatildi

Tabiat resurslari vazirligining ekologik nazorat inspeksiyasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Foto: ecogov

Reyd davomida fuqaro A.T. Toshkent shahri, Yunusobod tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2 dona laylak va 2 ta lochin qushi bolalarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi

Noqonuniy olib kelingan qush bolalari yosh va qarovga muhtoj bo‘lganligi, tabiatda yashab keta olmasligi sababli Toshkent hayvonot bog‘iga reabilitatsiya uchun belgilangan tartibda topshirildi.

Bu kabi holatlarda MJtKning 92-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bunday huquqbuzarlik bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari - 3 300 000 so‘m jarimaga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid