Qatar amiri ilk marta O‘zbekistonga keldi
Davlat tashrifi bilan kelgan amirni Samarqand aeroportida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Qatar amirini Samarqand aeroportida O‘zbekiston prezidenti kutib oldi.
Mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildi. Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘ldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga rejalashtirilgan. Bugun ikki mamlakat yetakchilari Samarqandning tarixiy obidalariga birgalikda tashrif buyuradi.
Qayd etish kerak, Qatar amirining O‘zbekistonga kelishi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar tarixida ilk marta ro‘y bermoqda.
Biroz vaqt oldin Qatar O‘zbekistonda elchixona ochgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024
«Qatarga Osiyo chempioni sifatida qaramasligimiz kerak»
20:17 / 12.11.2024
G‘azodagi urush: Qatar o‘rtadan chiqdi, lekin HAMAS ofisini yopmaydi
17:46 / 10.11.2024