Jahon | 07:36 / 10.06.2023
10832
1 daqiqa o‘qiladi
BMT sudida Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosiga 32 davlat qo‘shildi
BMT Xalqaro sudi a’zolarining ko‘pchiligi 32 davlatni Ukrainaning Rossiyaga qarshi Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash to‘g‘risidagi konvensiyani buzganlikda ayblagan da’vosiga qo‘shishga rozi bo‘ldi.
Dastlabki eshituvlar bosqichida Yevropa Ittifoqining 26 davlati (Vengriyadan tashqari), Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Lixtenshteyn va Buyuk Britaniya da’voga qo‘shildi.
Qaror 14 nafar sudyaning bitta qarshi ovozi bilan qabul qilindi, deyiladi Haaga sudining matbuot bayonotida.
Shu bilan birga, BMT sudi tomonlarning dastlabki e’tirozlari bosqichida Qo‘shma Shtatlarning da’voga roziligini bir ovozdan rad etdi.
Mavzuga oid
13:30
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
17:30 / 29.09.2024
“Ikki standartlilik bo‘lmasligi kerak” – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi
15:00 / 28.09.2024
BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston raisligida yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi
21:08 / 27.09.2024