Pens: Trampning afv etilishi mumkinligi haqida gapirishga hali erta
AQSh sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens Oq uy sobiq rahbari Donald Trampning afv etilishi mumkinligi haqida gapirishga hali erta deb hisoblaydi. Bu haqda u «Kley Trevis va Bak Sekston shousi» radiodasturi efirida 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Trampni afv etadimi, degan savolga javob berar ekan ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
Pens Trampga qo‘yilgan ayblovlar jiddiy ekanini ta’kidladi. Shuning uchun u mamlakat sobiq prezidentini ayblanayotgan narsalar bo‘yicha oqlay olmasligini bildirdi.
Pens ilgari Indiana gubernatori lavozimida ishlaganini, shuning uchun ham afv etish instituti bilan yaxshi tanish ekanini esladi. Sobiq vitse-prezident afv etish davlat arboblarining o‘ta muhim vakolatlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuning uchun, Pensning fikricha, hozir Tramp afv etilishi haqida gapirishga hali juda erta.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
23:25 / 20.09.2024
AQSh prezidentligiga nomzodlar xavfsizligi kuchaytirilishi mumkin
20:54 / 20.09.2024
AQShdagi 2024 yilgi saylovlar: so‘rovlar nimani ko‘rsatmoqda?
09:50 / 17.09.2024