Donorlar huquqi, imtiyoz va kafolatlari haqida ma’lumot berildi
Donorlarga pul mukofoti, qo‘shimcha ta’til kunlari, shuningdek, boshqa imtiyozlar beriladi.
Qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor «O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (hozir 1 mln 650 ming so‘m) miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofoti oladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi.
Qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni donor o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, ta’lim oluvchilarning boshqa toifalari qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni mashg‘ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni o‘tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadi.
Donorga har safar qon topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha 1 kun beriladi. Donor xohishiga ko‘ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi mumkin.
Donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar soliq to‘lovchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.
Donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov, ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga kiradi.
Donorlarning sog‘lig‘i saqlanishi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanadi.
Mavzuga oid
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
22:27 / 30.09.2024
Olimlar artrit va qandli diabetni tashxislash uchun mini-skaner yaratdi
21:10 / 28.09.2024
Olimlar birinchi marta 1-tur diabetni davolashga muvaffaq bo‘ldi
18:18 / 07.09.2024