Xitoy O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qolyapti
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 4,5 mlrd dollar.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 3,8 mlrd hamda 1,9 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
— Turkiya – 1,3 mlrd;
— Koreya – 1,0 mlrd;
— Germaniya – 894 mln;
— Qirg‘iziston – 419 mln;
— Turkmaniston – 364 mln;
— Fransiya – 332 mln;
— Afg‘oniston – 328 mln.
2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
5 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 10,5 mlrd AQSh dollari va import 15,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida jahonning 182 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
00:39
Xitoyda dunyodagi eng yirik dengiz quyosh stansiyasi ishga tushirildi
23:30 / 14.11.2024
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024