Indoneziya O‘zbekistondan o‘g‘itlarni import qilishga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Indoneziyaning PT Pupuk Indonesia kompaniyasi prezidenti Ahmad Bakir Pasaman bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot davomida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida kimyo sanoati sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Kompaniya prezidenti Ahmad Bakir Pasaman O‘zbekiston jadal sur’atlarda rivojlanayotganini va hozirgi vaqtda Indoneziya ishbilarmon doira vakillari hamkorlikka katta qiziqish bildirayotganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, O‘zbekiston kimyo sanoati katta istiqbollarga ega, xususan kaliy xlorid mineral o‘g‘iti sifatining darajasi juda yuqori. Indoneziya qishloq xo‘jaligi ehtiyoji uchun O‘zbekistondan xlorid kaliyi va boshqa o‘g‘itlarni import qilishga qiziqish bildirildi.
O‘zbekiston diplomatlari hamkorlik yo‘nalishiga aniqlik kiritish maqsadida Indoneziya tomoniga mamlakat kimyo sanoatida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024