O‘zbekiston | 18:53 / 24.06.2023
11745
4 daqiqa o‘qiladi

ISHONCH do‘konlari safi yana 6ta do‘konga ko‘paydi

Foto: ISHONCH

Respublikamiz bo‘ylab aholining yashash tarzini rivojlantirish maqsadida kerakli maishiy texnika, elektronika, uy buyumlari hamda boshqa ko‘plab mahsulotlarni qulay shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkoniyatini taqdim etish yo‘lida faoliyat yuritib kelayotgan ISHONCH do‘konlar tarmog‘i bugungi kunda tobora rivojlanib bormoqda. Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish hududi ham kengayib borayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Joriy yilning iyun oyida ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining filiallar soni yana 6 taga ko‘paydi. Yangi filiallar ushbu manzillarda aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatishni boshladi:

-Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani;

-Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani;

-Buxoro viloyati, Shofirkon tumani;

-Jizzax viloyati, Paxtakor tumani;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani;

-Namangan viloyati, Pop tumani.

Endi ushbu manzillarda ham istiqomat qiluvchi aholi ISHONCH do‘konlarida yaratilgan qulay shartlardan foydalanishlari, muddatli to‘lov asosida keng turdagi mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin. Ta’kidlash joizki, ISHONCH do‘konlar tarmog‘ida 7000 dan ortiq mahsulot turlari taqdim etilgan bo‘lib, bu yerda ko‘plab zamonaviy brendlarning mahsulotlarini topishingiz mumkin. Malakali va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan do‘kon maslahatchilari esa xaridorlarga kerakli ma’lumotni berishda va zarur mahsulotni tanlashda yordam berishga doimo tayyor. Shu bilan birga, shartnoma rasmiylashtirish jarayoni ham uzoq vaqt olmaydi va xaridorlar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida, yirik mahsulotlarni bepul yetkazib berish va o‘rnatib berish xizmatlari ko‘zda tutilgan.

ISHONCH do‘konlar tarmog‘i tomonidan mijozlar uchun doimiy asosda yutuqli tanlovlar, aksiyalar o‘tkaziladi, chegirmali takliflar e’lon qilinadi. Ayni paytda ham barcha filiallarda ISHONCHLI MIJOZ aksiyasi o‘tkazilayotgan bo‘lib, ishtirok etish uchun 2 mln so‘m va undan yuqori xaridlar qilish kifoya. Siz avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanasiz va Cobalt rusumli avtomobil yoki qimmatbaho sovg‘alardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Aksiya joriy yilning 31 iyuliga qadar davom etadi. Aksiya haqidagi batafsil ma’lumotni va aksiya g‘oliblarini www.ishonchaksiya.uz saytida ko‘rishingiz mumkin. 

Tez kunlarda ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining yangi savdo do‘konlari Toshkent viloyatining Bo‘ka, Keles va Zangiota tumanlarida, Buxoro viloyatining Peshku tumani va G‘ijduvon shahrida, Xorazm viloyatining Shovot tumanida, hamda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ochilishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumot, savol va murojaatlar uchun:

+99873-515-22-22, t.me/ishonch_chatbot

 Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari:

Telegram: https://t.me/ishonch  

Instagram: instagram.com/ishonchsavdouz

Facebook: facebook.com/ishonchsavdouz

YouTube: youtube.com/c/ishonchsavdo

Sayt: www.ishonchsavdo.uz

Bo‘sh ish o‘rinlari: https://t.me/hrfmishonch


Reklama

Mavzuga oid