O‘zbekiston | 09:09 / 28.06.2023
5497
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshida O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19-25 iyun kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilingan.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Keyingi uchrashuv Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining avvalgi yig‘ilishi 10-16 aprel kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid