“Yaponiya-O‘zbekiston” assotsiatsiyasiga yangi rais saylandi
O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi vakillari “Yaponiya – O‘zbekiston” assotsiatsiyasi a’zolarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Tadbir davomida assotsiatsiya ta’sis etilganidan buyon unga raislik qilib kelayotgan Shima Nobuxiko salomatligi va yoshi keksayishi munosabati bilan ushbu lavozimni tark etayotgani, uyushmaning yangi rahbari etib rais o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan, Yaponiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Kato Fumixiko saylangani ma’lum qilindi.
Kato Fumixiko O‘zbekiston uning uchun qadrli mamlakat ekanini hamda respublika bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirishni uyushmaning yangi raisi sifatida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini aytdi. Keyingi yillarda madaniy-humanitar, ta’lim va turizm bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy yo‘nalishiga ham katta e’tibor qaratilishini bildirdi.
U Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida orttirgan uch yillik tajribasidan assotsiatsiyani boshqarish faoliyatida unumli foydalanishini, kunchiqar mamlakatda “O‘zbekiston do‘stlari”ni ko‘paytirishga safarbar qilishini bildirdi.
Mavzuga oid
18:48
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024