Bayden Si Jinpingni Moskva bilan munosabatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi
AQSh prezidenti Xitoy raisi bilan Ukrainada urush boshlanganidan keyin Amerika korporatsiyalarining Rossiya bozoridan chiqib ketishi va Pekinning g‘arb sarmoyasiga qaramligi haqidagi suhbati to‘g‘risida ma’lumot berdi.
AQSh prezidenti Jozef Bayden Xitoy rahbari Si Jinpingga Xitoy yetakchisining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi va Pekinning g‘arb sarmoyasiga qaramligi munosabati bilan ehtiyot bo‘lishni aytgan. Bu haqda Oq uy rahbari CNN telekanaliga bergan intervyusida gapirdi, undan parchalar 7 iyul, juma kuni e’lon qilingan.
«Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri 600 ta Amerika korporatsiyasi Rossiyani tark etdi. Siz menga iqtisodiyotingiz Yevropa va Qo‘shma Shtatlar sarmoyalariga bog‘liqligini aytdingiz. Ehtiyot bo‘ling», - deya Bayden Si bilan muloqotdan parcha keltirgan. Oq uy rahbari ta’kidlaganidek, u Xitoy raisiga uning so‘zlari «tahdid emas, balki kuzatish» ekanligini tushuntirgan.
Si qanday javob bergani so‘ralganda, Bayden shunday dedi: «U tingladi va bahslashmadi». Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Rossiyaga to‘xtovsiz yordam berayotgani yo‘q. AQSh prezidenti Si bilan suhbati aynan qachon bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmadi.
Xitoy va Rossiya yetakchilari mart oyida Moskvada uchrashgan edi. Bundan tashqari, Si va Putin iyul oyida Shanhay hamkorlik tashkilotining onlayn sammitida ishtirok etdi.
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda milliy xavfsizlik bo‘yicha kelishmovchiliklar, jumladan Tayvan, Ukrainadagi urush, Vashingtonning ilg‘or texnologiyalar eksportini taqiqlashi va Pekinning sanoat siyosati tufayli keskinlashgan.
Mavzuga oid
08:20 / 24.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Si Jinping va Abdulfattoh as-Sisi bilan suhbatlar o‘tkazdi
22:54 / 19.10.2024
Si Jinping Xitoy armiyasini urushga tayyorgarlikni kuchaytirishga chaqirdi - OAV
23:21 / 25.09.2024
Xitoyda Si Jinpingni tanqid qilgan mashhur iqtisodchi yo‘qolib qoldi - OAV
10:15 / 30.08.2024