Jahon | 13:55 / 12.07.2023
19807
4 daqiqa o‘qiladi

Donbassdagi jangchilar va Kiyevda shug‘ullanayotgan aholi. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 503-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Vilnyusdagi sammitning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, Ukraina uchun alyans tomon yo‘l osonlashtirilishini ma’lum qildi — ammo hozircha Kiyev taklif etilmaydi.
  • Zelenskiy NATOni Ukrainaning a’zoligi masalasidagi «noaniqlik» uchun tanqid qildi. Ukraina prezidenti alyans sammitining birinchi ish kunida ishtirok etmaslikka qaror qildi, ammo Vilnyusda o‘z mamlakatining NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatlab tashkil etilgan konsertda qatnashdi.
  • Fransiya Ukrainaga harakatlanish masofasi kamida 250 kilometrga teng bo‘lgan Storm Shadow raketalarini taqdim etdi.
  • Sergey Shoygu AQSh Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishiga javoban, Rossiya qo‘shini ham shunday qurolni qo‘llashini aytdi. Bunday snaryadlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida taqiqlangan. Ukraina, AQSh va Rossiya kassetali snaryadlarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyani imzolamagan.
  • RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab dronlar hujumini uyushtirdi. Kiyev oblastida turar joy binosi, Odessada — port shikastlandi.
  • Krasnodarda «Krasnodar» suvosti kemasining sobiq komandiri Stanislav Rjitskiy o‘ldirildi. Qotillikdan bir necha soat o‘tib Tergov qo‘mitasi gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Donetsk oblastidagi ukrain harbiylari

Ukrainaning qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchisi 2S3 «Akatsiya» o‘ziyurar artilleriya qurilmasi ichidagi snaryadni ko‘rsatmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar D-20 gaubitsasidan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning 37-dengiz piyodalar brigadasi harbiysi Donetsk oblastidagi dalani minadan tozalamoqda
Minadan tozalash jarayoni
Ukrainaning 37-dengiz piyodalar brigadasi harbiysi Donetsk oblastidagi pozitsiyada 155-millimetr kalibrli M109 o‘ziyurar gaubitsasida
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda mahalliy aholi vakillari o‘q otishga o‘rgatilmoqda 

Kiyev aholisi vakillari o‘qotar qurolni ishlatishni o‘rganish vaqtida instruktorning so‘zlarini tinglashmoqda. Quroldan foydalanishni o‘qitish ishlari to‘lov asosida merganlar klublarida o‘tkazilmoqda
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA

Volodimir Zelenskiy Vilnyusdagi NATO sammitida

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sammitning birinchi kuni ishida ishtirok etmadi, ammo Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilgan konsertga bordi. Sahnada u bilan birga rafiqasi Yelena Zelenskaya, shuningdek Litva prezidenti Gitanas Nauseda rafiqasi Diana bilan chiqish qildi. Zelenskiy Litvaga harbiy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi va Vilnyusga ittifoqchilar va hamkorlarga, shuningdek «kuchli NATO»ga katta ishonch bilan kelganini aytdi:

«Ikkilanmaydigan, vaqtni behuda o‘tkazmaydigan va har qanday tajovuzkorga befarq bo‘lmaydigan NATOga ishonganim uchun. Va men xohlardimki, bu ishonch har bir jangchimiz, har bir fuqaromiz, har bir ona, har bir bola kutayotgan, barchamiz munosib bo‘lgan qarorlar bilan mustahkamlansin. Nahotki bu shunchalik katta istak bo‘lsa?»

Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Mavzuga oid