Toshkentdagi ko‘chalardan biri 15 kunga yopildi
Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmasida issiqlik quvuri yangisiga almashtiriladi.
Joriy yilning 12 iyul kunidan boshlab Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmalari 15 kun muddatga avtomobillar harakati uchun yopildi.
Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan.
Jumladan, Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka va Fidokor ko‘chalari kesishmalari hududidagi eskirgan, diametri 720 mm, uzunligi 448 metr magistral issiqlik quvurini yangisiga almashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ta’mirlash ishlari yakuniga yetgach, avtomobillar harakati qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024