Jamiyat | 16:58 / 25.07.2023
23230
1 daqiqa o‘qiladi
Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi.
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
Luqmon Bo‘rixon 1965 yil 15 fevralda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991).
Uning dastlabki hikoyasi — «Begimqul katta» (1987). Shundan so‘ng yozuvchining «Yalangoyoq» (1991), «Sirli muallim» (2006), «Hizr ko‘rgan yigit» (2007) cingari hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. «Jaziramadagi odamlar» (2005) romani muallifi ham sanaladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Shuhrat» medali sohibi bo‘lgan.