O‘zbekiston | 20:02 / 26.07.2023
11194
1 daqiqa o‘qiladi

Birinchi yarim yillikda 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi 

Umumiy hisobda 205 mingdan ortiq xorijlik Rossiya pasportiga ega bo‘ldi. 

Foto: RIA Novosti

2023 yil birinchi yarmida 205 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini oldi. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 38,2 ming kishiga kam. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Rossiya Federatsiyasidagi migratsiya vaziyati bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlarida aytiladi. Raqamlar Asia-Plus tomonidan keltirildi. 

Shu davr mobaynida 9340 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan. Bu xorij davlatlari ichida oltinchi ko‘rsatkich. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olishda Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda — 87 ming, ikkinchi o‘rinda Ukraina fuqarolari – 39 ming, Armaniston esa uchinchi o‘rinda – deyarli 18 ming. 

Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (13 876) va Qirg‘iziston (10 500). 

Mavzuga oid