O‘zbekiston | 18:54 / 27.07.2023
6727
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda sayyohlarga tun-u kun xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor ishga tushdi 

Maskandagi binolar Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarining ramziy darvozalari maketi ko‘rinishida qurilgan. 

Foto: uzbektourism.uz

O‘zbekistonning turizm salohiyatidan samarali foydalanish va sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Buxoro shahrida haftasiga 7 kun, sutkasiga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatuvchi mobil bozor faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

Qayd qilinishicha, «Tungi mobil bozor» faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi xorijlik va mahalliy sayyohlar uchun turizm xizmatlari turlarini oshirish va turizm obektlarining infratuzilmasini tubdan yaxshilash, xususan, sayyohlarni O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish imkonini beradi. 

Maskandagi binolar Buxoro, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarining ramziy darvozalari maketi ko‘rinishida qurilgan. U yerda o‘zbek milliy taomlarini tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, suvenirlar sotiladigan do‘konlar, hunarmandchilik rastalari bor. Shuningdek, o‘ziga xos tematik uslubdagi yoritish moslamalari bilan ta’minlangan. 

 

Mavzuga oid