Prigojin kutilmaganda «Rossiya-Afrika» sammitida ko‘rinish berdi
Afrika qit’asi «vagnerchilar» uchun begona emas.
«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin kutilmaganda Sankt-Peterburgda o‘tkazilayotgan «Rossiya-Afrika» sammitida paydo bo‘ldi.
Prigojinning Markaziy Afrika Respublikasi vakili bilan tushgan suratini uning «o‘ng qo‘li» Dmitriy Sitiy nashr etdi.
«Elchi men bilan Rossiya-Afrika sammitining ilk suratlarini baham ko‘rdi. Biz tanish chehralarni ko‘ryapmiz», deb yozdi u.
«Vagnerchilar» Afrika qit’asi uchun begona emas. Ular Afrikada ilk bor 2017 yilda, Rossiya Sudandagi mojaroga aralashib, o‘sha paytdagi prezident Umar Hasan al-Bashir tarafini olgan paytda paydo bo‘lgan.
2018 yilda Markaziy Afrika Respublikasida ham rossiyalik jangchilar paydo bo‘ldi.
Hozirgi kunga qadar «Vagner» jangchilari tarqoq holda Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Liviya, Mali, Mozambik, Kamerun, Madagaskar, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Ekvator Gvineyasi, Janubiy Afrika, Zimbabve, Keniya kabi mamlakatlarda ham ko‘rinish bergan.
The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, «Vagner» Afrika qit’asida oltin kabi resurslarni tolon-taroj qilmoqda. O‘tgan yil davomida guruh Afrikada oltin qazib olishdan bir milliard dollarga yaqin daromad ko‘rgan.
Mavzuga oid
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
14:30 / 21.10.2024
O‘zbekiston Afrika qit’asining nechta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgani aytildi
23:32 / 10.10.2024
Dunyoda oxirgi 50 yilda yovvoyi hayvonlar soni 73 foizga qisqarib ketgani ma’lum bo‘ldi
21:52 / 10.10.2024