O‘zbekiston | 18:53 / 28.07.2023
7184
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida quvvati 200 KW bo‘lgan mikro GES ishga tushirildi

«Ispaysoy» mikro GES o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi hajmi 1,75 mln KW·soatni tashkil etadi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

28 iyul kuni «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Pskem daryosining chap irmog‘i hisoblangan Ispaysoyda yangi mikro GES ishga tushirildi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

«Ispaysoy» mikro GES quvvati 200 KW bo‘lib, o‘rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi hajmi 1,75 mln KW·soatni tashkil etadi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

Ispaysoy Bo‘stonliq tumani, Ispay qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Pskem daryosiga quyiluvchi soy bo‘lib, uzunligi 13 km. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 2,4 m3.

Mavzuga oid