Daily Express: Britaniya Qrimdagi amaliyotlar oldidan ukrainalik harbiylarni tayyorlayapti
Anneksiya qilingan Qrimdagi operatsiyalarda ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq ukrainalik harbiylar Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tadi, deb yozadi Britaniyaning Daily Express nashri o‘z ismini oshkor etmagan suhbatdoshlariga tayanib.
Ularning ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar Devon grafligidagi poligonda o‘tkaziladi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya 25 dekabrda nishonlanadigan katoliklarning Rojdestvo bayrami oldidan boshlanadi.
Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov bir kun avval Ukraina qo‘shinlari «tez orada» Qrimga kirishini aytgan edi.
Budanovning ishonch bildirishicha, Ukraina qo‘shinlari Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni tez orada ozod qila oladi. Bu haqda u TSN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, u Ukraina tomonidan yarimorolning ehtimoliy «ozod etilishi»ning aniq sanalarini aytmadi.
Ayni vaqtda, u Belarusda «Vagner» jangchilaridan hech qanday tahdid yo‘qligini, Rossiya qo‘shinlarining miqdoriy o‘sishi kuzatilmaganini ta’kidladi.
«Ular qancha bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shuncha. Lekin safarbarlik ular ko‘rgan yo‘qotishlarni doimiy ravishda to‘ldirishga imkon beryapti», deb ta’kidladi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i.
Mavzuga oid
09:50 / 23.09.2024
Britaniya kompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘ydi
08:50 / 23.09.2024
Britaniya Moda kengashi o‘zbek milliy brendlarini targ‘ib qilishda yordam beradi
10:30 / 20.09.2024
O‘zbekiston va Britaniya bo‘lajak diplomatlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin
22:48 / 18.09.2024