Jamiyat | 22:07 / 01.08.2023
25942
1 daqiqa o‘qiladi

Ichimlik suvida mashina yuvgan fuqaro jazolandi 

Unga jarima jazosi belgilandi. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, «Ahmad Donish» mahallasidagi qurilish kompaniyasi ishchisi ichimlik suvida mashina yuvayotgani tasvirlangan xabar tarqaldi. 

Holat Ekologiya vazirligi Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi va ishchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasiga (Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi. Xabarda jarima miqdori keltirilmagan. 

Shuningdek, bunday holat qayta sodir etilmasligi yuzasidan fuqaroga davlat inspektorlari tomonidan qat’iy ogohlantirish berildi.

Mavzuga oid