Jahon | 14:20 / 03.08.2023
22307
4 daqiqa o‘qiladi

Kiyevga dronlar hujumi va frontdagi ukrain aviatsiyasi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 525-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiyalik harbiylar Ukraina hududiga yana kamikadze dronlarini yubordi: Kiyevda dron parchalari aholi yashamaydigan binoga tushgan, Odessa oblastining Izmail shahrida portga zarba berilgan. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, port «jiddiy» shikastlangan.
  • RF mudofaa vazirligi Qrim ko‘prigida 17 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan portlash (o‘sha hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, avtomobil yo‘li shikastlangandi) tufayli Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab kemalar va uchish apparatlari harakatini chekladi. Bundan tashqari, FXX tasdiqlashicha, ikki holatda Turkiyadan Kerch bo‘g‘oziga suzayotgan kemalarda portlovchi moddalar izlari topilgan.
  • «Vajniye istorii» nashri aniqlashicha, Yevgeniy Prigojinning bayonotiga ters o‘laroq, «Vagner» XHK Rossiyada yollanma jangchilarni yollashni davom ettirmoqda.
  • Belgorod oblastida hududiy mudofaa otryadlari a’zolariga qurol tarqatildi. Kursk oblastida ham shunday yo‘l tutish va’da qilingan.

Kiyevga dronlar hujumi

2 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Shahed dronlari bilan Ukrainaning bir qancha oblastlariga hujum uyushtirdi. Shahar harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, Kiyevda havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha dronlarni urib tushirgan. Dron qoldiqlari aholi yashamaydigan binolardan birini va bolalar maydonchasini zararlagan, zarba to‘lqinidan turar joy binolaridan biridagi derazalar to‘kilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. Rossiya tomoni hujum yuzasidan izoh bermadi.

Havo hujumidan mudofaa kuchlari Kiyev osmonida rossiyaliklar dronini urib tushirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Dron parchalaridan shikastlangan ma’muriy bino
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA

Ukraina QK aviatsiyasi  

Ukrainlarning MiG-29 qiruvchisi piloti Ukraina sharqida parvozga chiqish oldidan (surat aynan qayerda olingani — aniq emas)
Libkos / AP / Scanpix / LETA
MiG-29 topshiriqni bajarish chog‘ida
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Baxmut yaqinidagi ukrain artilleriyachilari 

Ukraina QK jangchisi Baxmut atrofidagi pozitsiyada dam olmoqda, bu hududda Ukraina mudofaa kuchlari bo‘linmalari Rossiya qo‘shini hujumlarini to‘xtatishda davom etmoqda. Ukraina QK bosh shtabi tasdiqlashicha, ukrainlar Baxmutdan janubda yurish amaliyotlari o‘tkazmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi so‘nggi svodkasida bu yo‘nalishdagi vaziyat yuzasidan izoh bermagan.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiylar o‘z artilleriya pozitsiyasini niqoblamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain jangchilari rossiyaliklarning Baxmut yaqinidagi pozitsiyalariga zarba bermoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid