Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Andijon viloyati prokurori Sirojiddin Eshquvvatov Shavkatjon Rahimovning o‘rniga Toshkent viloyati prokurori lavozimini egalladi.
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Qorshibayevich Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Sirojiddin Eshquvvatov muqaddam Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2022 yil yanvaridan Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Toshkent viloyatiga 2022 yil sentabridan buyon Shavkatjon Rahimov prokuror edi. U muqaddam bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2023 yil 31 iyul kuni Kun.uz manbasi Shavkatjon Rahimov Toshkent viloyat prokurori lavozimidan olingani haqida xabar bergandi. O‘tgan vaqt davomida bosh prokuratura Rahimovning ishdan olingani bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etmayotgandi. Kun.uz’ning bu boradagi so‘rovlari ham ochiq qoldirilgandi.
Bundan oldinroq, 2023 yil aprelida Kun.uz Rahimovning qo‘l ostidagi qator xodimlar undan norozi ekani haqida yozgandi.
Mavzuga oid
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
12:10 / 29.10.2024
Toshkent viloyatida fuqaro o‘zi tashlagan chiqindini o‘zi tozaladi
18:32 / 28.10.2024