O‘zbekiston | 10:54 / 04.08.2023
14202
2 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Fayzulla Yusupov Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Tumanning oldingi hokimi Nodir Erkayev iyul oyida prezident vidoyeselektorida ishdan olingandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

4 avgust kuni xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Fayzulla Yusupovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

F.Yusupov 1976 yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 1999 yil Toshkent moliya institutini, 2006 yil O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tugatgan.

Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Chiroqchi tumaniga 2022 yil aprelidan buyon Nodir Erkayev rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari va Qashqadaryo viloyati hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2023 yil iyul oyida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingandi.

  • 3 avgust kuni Mirishkor tumaniga ham yangi hokim tasdiqlangandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Fayzulla G‘ulomov iyul oyidagi yig‘ilishda ishdan ketgan Sherali Sanayev o‘rnini egallagandi.

Mavzuga oid