Jahon | 08:27 / 05.08.2023
4746
1 daqiqa o‘qiladi

«SBU» rossiyalik oligarxlarning 5 mlrd dollarlik aktivlarini xatlovga oldi

Ukraina xavfsizlik xizmati 2022 va 2023 yillarda uning materiallari asosida rossiyalik oligarxlarning 190 milliard grivna (taxminan 5 milliard dollar) qiymatidagi biznes aktivlari xatlovga olingani haqida xabar berdi. 

Foto: gmk

Bundan tashqari, «SBU» tashabbusi bilan «harbiy bosqinni to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirgan» yoki «bosqinchi davlatga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan» 4000 ga yaqin Rossiya kompaniyasiga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etildi

«Rossiya harbiy harakatlarining har bir homiysi sud majlisida yuqori lavozimdagi mansabdorlar yonida o‘tirishi kerak. Chunki ular jinoyatlarning to‘laqonli sheriklaridir», - dedi «SBU» rahbari Vasiliy Malyuk. 

Avvalroq Ukraina sudi Viktor Medvedchukning rafiqasi Oksana Marchenkoning bir milliard grivnadan (27 million dollardan ortiq) ko‘proq mol-mulkini xatlovga olgandi.

«SBU» ma’lumotlariga ko‘ra, gap Yevropaning eng yirik metallurgiya korxonasi bo‘lgan «Zaporojskiy zavod ferrosplavov»ning 13,7 foiz aksiyalari haqida ketmoqda.

Mavzuga oid