Urgutdagi to‘yda 42 kishi zaharlandi
Ular to‘yda bir kun avval tayyorlangan va saqlash qoidalariga rioya etilmagan holda uy sharoitida sovitkichsiz saqlangan mayonezli salat iste’mol qilishgan
Urgutda o‘tkazilgan to‘yda 42 kishi zaharlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Samarqand viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 4 avgust kuni soat 2:00 dan 10:45 gacha 8 nafar fuqaro ko‘ngil aynish, qayt qilish, qorin sohasida og‘riq, ich ketish va tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan tuman yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan.
Ulardan 7 nafari “O‘tkir ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan tuman yuqumli kasalliklar bo‘limiga, bir nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Barcha bemorlar o‘z kasalliklarini 2023 yil 3 avgust kuni Urgut tumani Jarqishloq mahallasida joylashgan “Toshpo‘lat ota” to‘yxonasida iste’mol qilingan mayonezli salatlar bilan bog‘lashgan.
Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Urgut tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda to‘ydan bir kun avval yani 2 avgust kuni tayyorlangan salatlar dasturxonga tortilgani aniqlangan. Salatlar dasturxonga qo‘yilgunga qadar saqlash qoidalariga rioya etilmagan uy sharoitida sovitkichsiz saqlangan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan to‘y tadbirida ishtirok etganlarni aniqlash maqsadida uyma-uy yurib surishtirish o‘tkazilib, kasallik belgilari aniqlangan 41 nafar fuqaro tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘irlikda deb baholanmoqda, og‘ir bemorlar yo‘q.
Qayd etilishicha, Urgutdagi holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Avvalroq, 2022 yil 19 iyul kuni Urgut tumani Jozmon mahallasida joylashgan Burhon ota to‘yxonasida o‘tkazilgan to‘yda ham tumanning G‘ishtmachit mahallasida yashovchi odamlar ommaviy zaharlangandi. O‘shanda jami 50 dan oshiq odam antisanitariya holatda tayyorlangan hamda saqlangan mayonezli salatdan zaharlangan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgandi.
Mavzuga oid
17:12 / 22.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi
14:30 / 24.09.2024
Krasnoyarsk o‘lkasida to‘rt bola zaharlanishdan vafot etdi
17:06 / 23.09.2024
Olmaliqdagi maktabda 12 o‘quvchi suvdan zaharlangani aytilyapti. O‘zsuvta’minot buni rad etdi
10:54 / 02.08.2024