Sirdaryo viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘quvchi qiz topildi
Uni topish uchun 5 mln so‘m miqdorida mukofot e’lon qilingandi.
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida qidirilayotgan 17 yashar o‘quvchi qiz topildi. Viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, 24 iyul kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan Xakimova Manzura Bekpolat qizi topilib ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi.
Ushbu fuqaroni topishda ko‘maklashgan fuqarolar 5 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanishi hamda ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanishi aytilgan edi.
«Qidiruvda ko‘mak bergan barcha fuqarolarga Sirdaryo viloyati IIB jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:22 / 21.09.2024
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
08:58 / 21.09.2024
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
11:32 / 11.08.2024