Jamiyat | 21:22 / 08.08.2023
46818
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan shaxs 10 yilga qamaldi

U nomusga tegishga suiqasd qilish moddasi bo‘yicha ayblangan.

Foto: Toshkent shahri IIBB

Toshkent shahri Mirobod tumanida 17 yoshli qizga hujum qilgan shaxsga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

8 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida O.O. (1997 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlangan.

Sud hukmiga muvofiq O.O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (Nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. U endi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

Oliy sud birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahri sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligini ma’lum qildi.

  • Shu yil aprel oyida internetda noma’lum shaxs maktabdan uyiga qaytayotgan qizning orqasidan kelib quchoqlab olgani, uning yuzidan o‘pgach qochib ketgani aks etgan video tarqalgandi. Ko‘p o‘tmay Toshkent shahar IIBB axborot xizmati voyaga yetmagan qizga tashlangan erkak qo‘lga olingani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid