Sport | 16:31 / 13.08.2023
8349
1 daqiqa o‘qiladi

Manchini Italiya milliy jamoasidan iste’foga chiqdi

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini lavozimini tark etdi.

Foto: Getty Images

58 yoshli italiyalik mutaxassis Yevro-2024 startiga 10 oy qolganida Italiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi kelishuvni bekor qildi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Manchini 2018 yilning may oyida «moviy gvardiya» boshqaruviga kelgan edi. Roberto o‘tgan yil Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligidagi g‘alabalar soni (35ta) bo‘yicha 3-o‘ringa chiqib olgandi.

Ma’lumot uchun, 58 yoshli murabbiy Italiya milliy jamoasi bilan Yevro-2020 g‘olibiga aylangan, ammo JCh-2022ga yo‘llanma ololmagan edi. «Skuadra Adzurra» Yevro-2024 saralash bosqichida o‘z guruhida hozircha 3-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid