Qibrayda daraxtga urilgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi
YTHga haydovchi yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
11 avgust kuni soat 15:00 atrofida Toshkent viloyati Qibray tumanida Spark avtomashinasi avtohalokatga uchradi. Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.
Tumani hududidan o‘tgan 4R6 Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining 10-kilometrida 18 yoshli haydovchi M.Z. (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqaruvida onasiga tegishli Spark mashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Bunga haydovchi yo‘lning xavfli burilish qismida (ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud) rul boshqaruvini yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan yana bir 18 yoshli yo‘lovchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mavzuga oid
14:07
Romitan hokimi yordamchisi sodir etgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
15:26 / 20.09.2024
Skuter va yuk mashinalariga doir taqiqlar, “radarlar” hamda YHXXning bekor bo‘layotgan vakolati – Senat yangi o‘zgarishlarni ma’qulladi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024