Ombudsmanga 6 oyda 7 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan
2023 yilning 6 oyida ombudsman tomonidan davlat organlari va tashkilot mansabdor shaxslariga 76 ta ta’sir choralari shaklidagi hujjat kiritilgan. Sud jarayonida 30 ga yaqin fuqaro asossiz bo‘shatilgani aniqlanib, 6 ta holatda ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
O‘tgan 6 oy davomida aholi, xorijiy davlat fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan Ombudsmanga jami 7 ming 107 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Jami murojaatlarning 27,1 foizi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga, 28,7 foizi ijtimoiy huquqlarga, 31,4 foizi iqtisodiy huquqlarga, 10,8 foizi fuqarolarning murojaat etish va 1,9 foizi ekologik huquqlarga oid.
Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlaridan, eng kami esa Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelib tushgan.
Hisobot davrida Ombudsman tomonidan davlat organlari va tashkilotlar mansabdor shaxslariga 76 ta ta’sir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilgan. Shundan 12 tasi taqdimnoma, 6 tasi vakil xulosasi hamda 58 tasi da’vo ariza va arizalardir. Ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahimovaga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Ombudsman Kotibiyati xodimlari sud majlislarida 80 marotabadan ortiq kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. 30 ga yaqin fuqarolarning asossiz ishdan bo‘shatilgani aniqlanib, ularning ishga tiklanishiga erishilgan. 6 ta holatda inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi sababli ish beruvchi rahbarlar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Qayd etilishicha, 11 nafar fuqaroga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovlari undirib berilgan. 21 ta holatda fuqarolarga jami 212,5 mln so‘mga yaqin ish haqi, aliment va boshqa to‘lovlar undirilgan. 2 ta holatda fuqarolarning kommunal to‘lovlar bo‘yicha 8 mln so‘mga yaqin noreal qarzdorligi bartaraf etilgan. 4 nafar fuqaroga davolanish uchun 22 mln 620 ming so‘m moddiy yordam ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan. 4 nafar fuqaroga davolanishi uchun Order olib berilgan. 1 ta holatda MFYning tegishli tavsiyanomasi bilan qonuniy imtiyozga ega fuqaroning OTMga qabul qilinishiga erishilgan.
Shuningdek, «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida saqlanayotgan 40 nafar shaxslarning tug‘ilganlik fakti belgilanib, ularga ID kartalar rasmiylashtirilgani ham ma’lum qilindi. 4 ta holatda ichki ishlar organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari uchun ularga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan va intizomiy jazo choralari qo‘llangan.
4 ta holatda Ombudsman aralashuvi bilan ichki ishlar organlari mas’ullari tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi prokuratura organlari orqali tekshirilib bekor qilingan.
Mavzuga oid
17:32 / 05.03.2024
Bahromjon Haydarovning o‘lim holati Ombudsman tomonidan o‘rganildi
18:50 / 07.02.2024
“Bu inson huquqlariga zid” – Ombudsman Navoiydagi “Sharmanda doskasi” bo‘yicha munosabat bildirdi
23:42 / 29.01.2024
Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi
12:51 / 11.01.2024