Sport | 18:50 / 16.08.2023
16185
2 daqiqa o‘qiladi

Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga qabul tartibi belgilandi 

Hukumat qarori bilan Ichki ishlar vazirligining Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabiga o‘quvchi-sportchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. 

Foto: Getty Images

Nizomga ko‘ra, sport maktabida o‘quvchi-sportchilar kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat hamda ta’lim olish muddati o‘quvchi-sportchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy (yoki zaxira) tarkibida bo‘lgan davr mobaynida davom etadi.  

Sport maktabiga 18 yosh va undan katta sportchilar qabul qilinadi. 

O‘quvchi-sportchilarni sifatli tanlab olishni ta’minlash maqsadida sport maktabida qabul o‘rinlari bo‘shagan kundan 1 oy muddatda tanlov va uni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida e’lon beriladi. 

Nomzodlarga quyidagi minimal talablar qo‘yiladi:

- sport ustaligiga nomzoddan past bo‘lmagan sport toifasining mavjudligi;

- kurashning tegishli yosh guruhlari va uslublari bo‘yicha sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida egallangan sovrinli o‘rinlar (1–3-o‘rin) mavjudligi. 

Sport maktabiga o‘qishga kirishda nomzodlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi, shundan 30 ball umumiy jismoniy tayyorgarlikka va 70 ball maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajratiladi. 

Mavzuga oid