Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi ishlab chiqildi
Vazirlar Mahkamasining “Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekiston milliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.
Quyidagi ofatlarga alohida e’tibor qaratiladi:
- zilzila;
- yer va tosh ko‘chishi;
- kuchli shamollar;
- qor ko‘chishi;
- qurg‘oqchilik;
- sel va suv toshqini;
- tabiiy yong‘inlar;
- tabiiy hodisalar bilan bog‘liq texnogen xavflar.
Milliy harakatlar rejasining asosiy maqsadi – bu tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha kompleks choralarni ishlab chiqishdir.
Quyidagilar rejalashtirilmoqda:
- yangi qonunchilik normalarini, respublika va hududiy strategiyalarni ishlab chiqish, ushbu yo‘nalishda mahalliy hokimiyat ishtiroki va javobgarligini oshirish;
- tabiiy ofatlar xavfini aniqlash va baholash, aholining bunday holatlar haqida xabardorligini oshirish;
- davlat va xususiy investitsiyalarini jalb etish; avariyaviy-qutqaruv va boshqa maxsus texnikani ishlab chiqarishni DXSh tamoyillari asosida mahalliylashtirish va boshqalar.
Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha 26 ta asosiy chora-tadbirdan iborat “Yo‘l xarita”si tasdiqlanmoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 11.10.2024
Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi
10:12 / 20.07.2024
O‘zbekiston va Vengriya tabiiy ofatlarga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi
08:18 / 31.08.2023
Maktablarda yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ rejalar tasdiqlandi
08:45 / 14.05.2022