Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
Davron Nazarmuhamedov o‘rniga polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIBning yangi boshlig‘iga aylandi. U bunga qadar Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari edi.
Ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan polkovnik Ravshan Erkinovich Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Xorazm viloyati IIBga 2019 yildan buyon general-mayor Davron Nazarmuhamedov boshliq edi. U 2023 yil avgust oyi boshida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy–ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024