O‘zbekiston | 11:31 / 24.08.2023
13714
1 daqiqa o‘qiladi

Turdimov Samarqand hokimligidan ketishi haqida xabarlar asossiz ekani aytildi

Foto: Kun.uz

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshqa ishga o‘tayotgani haqida xabarlar asossiz. Bu haqda hokimning matbuot kotibi Manuchehr Mirzayev o‘z Telegram-kanalida post qoldirdi.

«Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga o‘tayotgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekani ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik so‘raladi. Viloyat rahbari o‘z faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda.

Keng jamoatchilikdan hech qanday asosga ega bo‘lmagan, turli taxmin va talqinlardan iborat xabarlarga ishonmaslikni so‘rab qolamiz», deb yozgan Mirzayev.

Mavzuga oid