Jahon | 14:40 / 28.08.2023
19199
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyev oblastiga raketalar, Kurskka dronlar hujum qildi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 550-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ekspertiza Yevgeniy Prigojin 23 avgust kuni Tver oblastida qulagan samolyot bortida bo‘lganini tasdiqlagan.
  • Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari yarimorol chegaralariga yaqinlashgandagina, «Qrim hududida Rossiyani demilitarizatsiya qilish uchun siyosiy dastak paydo bo‘lishi»ni aytdi. U shuningdek urush Rossiya hududiga o‘tmasligi kerakligi, chunki bu holatda «ukrainlar yolg‘iz [ittifoqchilar ko‘magisiz] qolishi xavfi yuzaga kelishi»ni qo‘shimcha qilgan.
  • Amerikalik harbiylar Ukraina qo‘mondonligining Rossiya qo‘shinlari hujumi xavfi tufayli Xarkiv oblastidagi Kupyansk yo‘nalishi mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha qaroriga qo‘shilmaydi. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Pentagondagilar Ukraina QK asosiy qo‘shinlarini Rossiya mudofaasini yorib o‘tish uchun janubda to‘plashi kerak deb hisoblamoqda.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya va Ukraina Qrim va Odessa o‘rtasida Qora dengizdagi gaz va neft platformalari uchun jang olib bormoqda. Boshqa manbalar bu haqda xabar bermagan.

Kiyev oblastiga tungi zarba

27 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev oblastini o‘qqa tutdi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha raketalarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, ammo parchalar Kiyevdan taxminan 40 kilometr janubi-g‘arbdagi Rulikov qishlog‘ida o‘nta turar joy binosiga shikast yetkazgan. Shuningdek, hujum vaqtida tinch aholi vakillaridan ikki kishi yaralangan.

Rossiyaliklar raketasi parchalaridan shikastlangan uylardan biri
Yan Dobronosov / Reuters / Scanpix / LETA
Rulikov qishlog‘ida yashovchi kishi rossiyaliklar raketasi parchasi tushishi oqibatida derazalar sinib ketgan kvartirasi yotoqxonasida
Cathal McNaughton / EPA / Scanpix / LETA
Rulikov qishlog‘ida rossiyaliklar raketa zarbasi vaqtida vayron bo‘lgan uy
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Rulikov aholisi vakili vayron bo‘lgan uyidan narsalarini olib chiqmoqda
Danylo Antoniuk / Global Images Ukraine / Getty Images

Kiyevda Mariupol qamalida asir tushganlarni qo‘llab o‘tkazilgan aksiya 

Mariupoldagi chegarachilarning qarindoshlari Kiyevdagi Mustaqillik maydonida tinch aksiya uyushtirishdi, ular bu orqali qariyb 500 kundan buyon Rossiya asirligida qolayotgan Ukraina himoyachilarining (ularning soni aniq emas) holatiga e’tibor qaratishni maqsad qilgan — RF armiyasi 2022 yil mayida, uch oylik qamaldan keyin Mariupolni egallaganida minglab ukrain askarlari asirga tushgandi. «Ukrainskaya pravda» xabariga ko‘ra, Kiyevdagi aksiyada 200 ga yaqin kishi ishtirok etgan.
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Kurskka dronlar hujumi oqibatlari

27 avgustga o‘tar kechasi Kursk dronlar hujumiga yo‘liqdi. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, dronlardan biri Karl Marks ko‘chasida, ikkita harbiy obektdan 300 metr masofadagi ko‘p kvartirali uyga kelib urilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Keyinroq «RBK-Ukraina» Ukraina xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, hujum nishoni harbiy aerodrom bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlarning deyarli barchasi o‘z nishonlariga yetib borgan — to‘rtta Su-30 samolyoti, bittadan MIG-29, S-300 kompleksi radari hamda ikkita «Pansir» zenit-raketa kompleksi. Manba jami qancha dron uchirilgani yuzasidan aniqlik kiritmagan, faqat dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra dronlardan faqat uchtasi urib tushirilganini bildirgan.

Rossiya tomoni Kursk oblastidagi qandaydir obektlarga zarba berilgani haqida ma’lum qilmagan. Aerodromga hujum qilingani aks etgan videolar ham yo‘q.

Kurskda dronlardan biri kelib urilgan uyning ko‘rinishi
Kursk oblasti gubernatori Telegram-kanali
Kursk oblasti gubernatori Telegram-kanali
Kursk oblasti gubernatori Telegram-kanali

Kiyev ostonasidagi janglar haqidagi xotiralar

 

Kiyevdan taxminan 30 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Moshchun qishlog‘i uchun janglarda halok bo‘lgan ukrain askari portreti. 2022 yil mart oyi boshida, Kiyev oblastidagi hujum vaqtida Rossiya armiyasi, BBC ma’lumotlariga ko‘ra, Moshchun atrofida kamida 21 nafar dengiz piyodasidan ayrilgan.
Cathal McNaughton / EPA / Scanpix / LETA

 

Moshchundagi uy darvozasida oskolka parchalari teshib o‘tgan joylar o‘rnida chizilgan gullar
Cathal McNaughton / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid