Jamiyat | 20:57 / 28.08.2023
34976
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda fojiali YTH sodir etdi 

Aqto‘beda yo‘l-transport hodisasi oqibatida rossiyalik fuqaro halok bo‘ldi.

Foto: Polisia.kz

26 avgust kuni MAN-TGX rusumli yuk mashinasini boshqarayotgan 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining Qizilo‘rda viloyati chegarasi yaqinida yo‘l-transport hodisasini sodir qildi.  

Qayd qilinishicha, yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Lada Largus avtomobili bilan to‘qnashgan. Oqibatda Lada boshqaruvidagi 51 yoshli rossiyalik fuqaro halok bo‘lgan. Uning voyaga yetmagan yo‘lovchisi esa turli tan jarohatlari bilan Irg‘iz tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MAN-TGX haydovchisi transport vositasini charchagan holda boshqargan. 

Mavzuga oid