Jahon | 14:55 / 30.08.2023
24561
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda mashhur uchuvchining, Peterburgda Prigojinning dafn marosimi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 552-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Dronlar Pskov aeroportiga (Rossiya va Ukraina chegarasidan 700 kilometr masofada) hujum qildi. Yirik yong‘in kelib chiqqan, kamida to‘rtta Il-76 samolyoti jiddiy shikastlangan — katta ehtimol bilan, aeroport hududidagi yonilg‘i quyish kompleksi yonib ketgan.
  • Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristonida Yevgeniy Prigojinni maxfiy ravishda va harbiy taomillarsiz ko‘mishdi.
  • Ukrain harbiylari Bryansk oblastidagi Klimovo posyolkasini o‘qqa tutdi. Gubernator Aleksandr Bogomazga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
  • RF mudofaa vazirligi ilk bor Qora dengizda ukrainlarning kemalarga qarshi «Neptun» raketasi tutib qolingani haqida xabar berdi. Ukrainlar 2022 yil aprelida aynan shunday raketalar bilan «Moskva» kreyserini cho‘ktirib yuborishgandi. Vazirlik hech qanday tafsilotlarni keltirmagan. Ayni vaqtda bu ma’lumotni mustaqil manbalar orqali tekshirishning imkoni yo‘q.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Belgorod va Tula oblastlarida ham dronlar hujumi qaytarilgani haqida xabar bergan.
  • Dronlar hujumi fonida Moskva oblastida kichik aviatsiya parvozlari qoidalari o‘zgartirildi. Aholi samolyotlarni dronlar sifatida qabul qilgan va favqulodda xizmatlarga shikoyat qilgan.

Kun kadri. Kiyevda ukrainalik uchuvchining dafn marosimi 

Qiruvchi samolyot uchuvchisi, «Jus» laqabli Andrey Pilshchikov bilan xayrlashuv marosimi, u 25 avgust kuni Jitomir oblastida aviahalokat oqibatida halok bo‘lgandi. Jangovar topshiriqni bajarish vaqtida ukrainlarning L-39 rusumli ikkita samolyoti to‘qnashib ketgan. Kapitan Pilshchikovdan tashqari, yana ikki pilot — mayorlar Vyacheslav Minka va Sergey Prokazin halok bo‘lishgan. Pilshchikov bosqinning ilk kunlaridanoq Kiyev mudofaasida qatnashgan, urush mobaynida G‘arb davlatlarini Ukrainaga F-16 va ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlari berishga chaqirib kelardi, shuning uchun uni «ukrain aviatsiyasi ovozi» deb atashardi.
Oleg Pereverzev / Global Images Ukraine / Getty Images

Donetsk oblastidagi ukrain dronlari

Ukraina QK 24-brigadasi harbiysi okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan 70 kilometr masofadagi Drujkovka qishlog‘i yaqinida FPV-dron uchirishga tayyorlanmoqda. FPV-dronlar (First Person View) — kamera bilan jihozlangan va real vaqt rejimida videoni uzatuvchi pilotsiz uchish apparati hisoblanadi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik jangchi dron yuboradigan videoni qabul qiluvchi retranslyatorni shtativga o‘rnatmoqda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain droni parvozda
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dron boshqarayotgan ukrainalik askar
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Igor Strelkov Moskva sudida 

FSBning sobiq ofitseri, 2014 yilda «DXR» qo‘shinlarini boshqargan Igor Strelkov (Girkin) 21 iyul kuni Moskvada hibsga olingandi. Uni ijtimoiy tarmoqlardagi ikki posti uchun ekstremizmda ayblashgan: anneksiya qilingan Qrim va rossiyalik harbiylarga to‘lovlar haqidagi postlar. U aybiga iqror bo‘lmagan. Advokat Gadji Aliyev 19 avgust kuni tergov izolyatorida Strelkovning salomatligi holati yomonlashganini xabar qildi: uning surunkali kasalliklari kuchaygan, qo‘li ishlamay qolgan, nafas olishida muammolar paydo bo‘lgan.

Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi

29 avgust kuni Peterburgdagi Poroxov qabristonida 23 avgust kuni aviahalokat oqibatida vafot etgan Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi o‘tkazildi. Marosimda faqat «Vagner» XHK asoschisining qarindoshlari va yaqinlari qatnashdi. Prigojinni Rossiya Qahramoni (unga bu unvon 2022 yil iyunida berilgandi) uchun ko‘zda tutilgan harbiy tadbirlarsiz (o‘q uzish, chest berish) dafn etishgan.

Rossiya IIV xodimlari Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi vaqtida Poroxov qabristonida. O‘ngdagi politsiyachi — dron ovlovchi miltiq ko‘tarib olgan. Qabristonga kirishda metall izlovchi detektorlar o‘rnatilgan, atrofni politsiyachilar, Rosgvardiya xodimlari, kinolog va sapyorlar qo‘riqlashgan.
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Poroxov qabristoni hududidagi rosgvardiyachi
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Yevgeniy Prigojinning qabri
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA
Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Mavzuga oid