Iqtisodiyot | 08:33 / 31.08.2023
17556
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Shveytsariya muqobil energiyaga sarmoya kiritish imkoniyatini muhokama qilmoqda

Shveytsariya ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda mamlakat energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari o‘rganilyapti.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Shveytsariyaning Meyer Burger kompaniyasi bosh direktori Gunter Erfurt bilan muzokara o‘tkazdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Meyer Burger kompaniyasi fotoelektr stansiyalari uchun modullar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish sohasida faoliyat yuritadi. 1953 yilda tashkil etilgan kompaniyaning bugungi kunda Germaniya, AQSh, Xitoy va Singapurda vakolatxonalari mavjud. 

Uchrashuvda tomonlar Meyer Burger kompaniyasining ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda mamlakat energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Konstruktiv fikr almashish doirasida kompaniyaning innovatsion ishlanmalarini joriy etgan holda energetika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejasi kelishib olindi.

Mavzuga oid