Kiyev sudi Kolomoyskiyni hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi
Igor Kolomoyskiy jinoiy daromad orttirishda gumonlanmoqda. U 2019 yilgi saylovlardan oldin Zelenskiyning homiysi sifatida ko‘rilardi.
Kiyevdagi Shevchenko rayon sudi ukrainalik biznesmen Igor Kolomoyskiyni firibgarlik va jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan mulkni legallashtirish ishi bo‘yicha ikki oy muddatga hibsga oldi. Bu haqda «Grati» xabar bermoqda.
Shu bilan birga, sud biznesmen uchun 510 million grivna miqdorida (13,7 million dollar) garov puli evaziga ochiqda qoldirish imkoniyatini taqdim etgan.
Sud majlisi himoyachi iltimosiga ko‘ra yopiq rejimda o‘tkazilgan. Sudya Kolomoyskiyni sud zalida hibsga olish bo‘yicha qaror chiqardi. Sud qaroriga ko‘ra, Kolomoyskiy barcha hujjatlarni topshirishi va guvohlar bilan muloqot qilmasligi kerak. «Suspilne» nashri yozishicha, advokatlarda hukmdan shikoyat qilish uchun besh kun muddat bor.
- 2 sentabr kuni ukrainalik sobiq milliarder Igor Kolomoyskiy firibgarlik, jinoiy yo‘l bilan daromad orttirish, noqonuniy moddiy boyliklarni legallashtirish kabi jinoyatlarda gumonlanayotgani haqida xabar berilgandi. Tergovga ko‘ra, 2013–2020 yillarda Kolomoyskiy yarim milliard grivnadan ortiq mablag‘ni chet elga olib chiqish ko‘rinishida legallashtirgan. Bu uchun o‘zining nazorati ostidagi bank tashkilotlaridan foydalangan. Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) uning uyiga borib, unga qaysi moddalar bo‘yicha ayblanayotganini o‘qib eshittirgan.
- BBC rus xizmati qayd etishicha, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida Kolomoyskiy ishiga ishora qilgan. U urushdagi g‘alabadan keyingi yangi Ukraina «Ukrainani talaganlar va o‘zini qonun va qandaydir qoidalardan ustun qo‘yganlarsiz» qurilishi, huquq-tartibot organlaridan «o‘nlab yillar davomida to‘xtab qolgan har bir ishda adolat ta’minlanishi uchun ko‘rsatayotgan qat’iyati» uchun minnatdorchilik bildirgan.
- Igor Kolomoyskiy Ukrainadagi eng mashhur boylaridan biri. U 2019 yilgi saylovlardan oldin Volodimir Zelenskiyga homiylik qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Forbes 2022 yil 27 dekabrda uning boyligini 850 million dollarga baholagan. O‘tgan yili Kolomoyskiy mamlakat prezidenti buyrug‘i bilan Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
17:24 / 14.11.2024
The Times: Kiyev bir necha oy ichida oddiy atom bombasini yaratishi mumkin
16:08 / 14.11.2024
Blinken: AQSh Tramp kelishidan oldin Ukrainaga yordamni kuchaytiradi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024