Jahon | 15:25 / 04.09.2023
18506
4 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi jang maydonlari va Dniproning sayozlashgan o‘zani. Urush suratlari

Ukrainada urushning 557-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrain qo‘shini Rossiya kuchlarining janubiy frontdagi eng mustahkam mudofaa liniyasini yorib o‘tdi, deya xabar berdi UQQ generali, mamlakat janubidagi yurishga boshchilik qilayotgan Oleksandr Tarnavskiy.
  • Volodimir Zelenskiy Oleksiy Reznikov Ukraina mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgani haqida ma’lum qildi. U vazirlikka 2021 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi. Reznikovning o‘rniga Zelenskiy Rustem Umerovni nomzodini taklif etgan, u 2022 yildan buyon Ukraina davlat mulk fondini boshqarib kelmoqda.
  • RF qo‘shini dronlar bilan Odessa oblastiga hujum qildi, tinch aholi vakillaridan ikki kishi jarohat olgan. Rossiya harbiylari bu zarba nishoni yonilg‘i ombori bo‘lganini ma’lum qilgan.
  • Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi tasdiqlashicha, RF hukumati prezidentlik saylovlari arafasida safarbarlikning yangi to‘lqinidan qochish uchun qo‘shni mamlakatlar fuqarolarini urushga yollamoqda.

Lvivda «Yengilmas» yarimmarafoni

12 yoshli Yana Stepanenko Lvivdagi «Yengilmas» yarimmarafonida — 3 sentabr kuni 1,6 va 21,5 kilometr masofalarga yugurishda kolyaskadagi, oyoq yoki qo‘li protez qilingan ukrainlar qatnashdi. Stepanenko 2022 yil 8 aprel kuni jarohat olgan: u onasi va akasi bilan Kramatorsk vokzaliga shahardan evakuatsiya bo‘lish uchun kelganida vokzalga raketa zarbasi yo‘llangan. Yana ikki oyog‘idan ayrilgan — birini to‘piqdan yuqori qismidan, ikkinchisini tizzadan pastidan kesishgan. Uning onasi chap oyog‘ining tizzadan past qismini yo‘qotgan, akasi jabrlanmagan. Bu hodisdan keyin oila AQShda bir yil davomida reabilitatsiya kursini o‘tadi, keyin Ukrainaga qaytdi.
Stanislav Ivanov / Global Images Ukraine / Getty Images

Baxmut atrofidagi jang maydonlari

Snaryad va bombalar tushishidan hosil bo‘lgan o‘ralar bilan qoplangan maydon
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut yaqinidagi Opitne qishlog‘i xarobalarining yuqoridan ko‘rinishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Dnipro daryosi sohilining Kaxovka GES portlashidan uch oy keyingi ko‘rinishi

Kaxovka GESdagi hodisa 6 iyun kuni ro‘y bergandi: stansiya portlaganidan keyin katta miqdordagi suvning nazoratsiz chiqib ketishi ro‘y berdi va Dnipro daryosining quyi oqimi bo‘ylab joylashgan 50 dan ortiq aholi yashash manzillarini suv bosdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 52 kishi halok bo‘lgan, Kaxovka suv ombori esa deyarli qurib qoldi.

Pierre Crom / Getty Images
Mahalliy aholi vakili Vitaliy metall qidiruvchi moslama orqali snaryad parchalari, tanga va boshqa metall buyumlarni qidirmoqda
Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images
Pirsdagi (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsu joy) baliqchilar
Pierre Crom / Getty Images

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi qismidagi qishloq o‘qqa tutilishi

RF tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2 sentabr kuni Ukraina QK Zaporijjya shahridan 70 kilometr masofadagi Konskiye Razdori qishlog‘ini o‘qqa tutgan. Zarba oqibatida ofislar va do‘konlar joylashgan bino vayron bo‘lgan, shuningdek angar va qishloq xo‘jalik texnikalari shikastlangan. Uch kishi halok bo‘lib, kamida to‘rt kishi shikastlangan.

Mavzuga oid