O‘zbekiston | 07:39 / 05.09.2023
5274
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoro Arkida arxeologik istirohat bog‘i tashkil etilishi mumkin

Ark qal’asining vayron qilingan qismida arxeologik istirohat bog‘ini barpo etishga doir masalalar arxeolog va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda muhokama qilindi. 

Foto: Madaniy meros boshqarmasi

Buxoroning tarixiy markazida madaniy meros obektlarini saqlash va ulardan sayyohlik yo‘nalishida samarali foydalanishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Madaniy meros boshqarmasi, Samarqand Arxeologiya institutining Buxoro viloyati filiali, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining mutaxassislari tomonidan Ark qal’asining sayyor o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Yillar davomida turli ta’sirlar natijasida Ark qal’asining vayron qilingan qismida arxeologik istirohat bog‘ini barpo etishga doir masalalar tajribali arxeolog va soha mutaxassislari bilan hamkorlikda muhokama qilindi. 

Foto: Madaniy meros boshqarmasi 

Hozirda yetakchi tadqiqotchilar mazkur tarixiy yodgorlikni kelgusida sayyohlar uchun yanada qulay maskanga aylantirish, chuqur ilmiy izlanishlarni davom ettirish hamda keng jamoatchilik xabardorligini oshirish yuzasidan munozaralar olib bormoqda.

Mavzuga oid