Jahon | 11:36 / 07.09.2023
4944
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston parlamenti Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilmoqchi

Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti Armaniston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinadi.

Foto: Anadolu Agency

Armaniston parlamenti tomonidan Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti ratifikatsiya qilinadi.

Bu haqda respublika qonun chiqaruvchi organi spikeri Alen Simonyan ma’lum qildi, deya xabar beradi «Interfaks». 

«Katta ehtimol bilan, Rim statuti ratifikatsiya qilinadi. Hujjat muhokama bosqichida turibdi», - dedi u. 

Simonyan «Armaniston hujjatni ratifikatsiya qilishga muhtoj», dedi. 

Rim statuti Armaniston tomonidan 1998 yilda imzolangan. 

Mavzuga oid